Sirdaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
Sirdaryo viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi samarali kurashish masalalari muhokama qilindi.



Yig‘ilishda polkovnik Mirzaraimov Sardor Tohirovich Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani ma’lum qilinib, yangi rahbar jamoatchilikka tanishtirildi.

Sardor Mirzaraimov ichki ishlar organlarida tergov, tezkor-qidiruv va rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillik tajribaga ega. U mazkur tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari – Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri