Sirdaryo jamoasi g‘olib
Jizzaxda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida havaskor futbolchilar o‘rtasida respublika mini-futbol musobaqasining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi.
Jizzaxda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida havaskor futbolchilar o‘rtasida respublika mini-futbol musobaqasining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi.O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari jamoalari o‘zaro bahslashdi.
Prezidentimiz rahnamoligida sportni yanada rivojlantirish, ayniqsa, uning futbol turini keng ommalashtirish orqali jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga alohida etibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Musobaqada Sirdaryo viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va final bosqichiga yo‘llanma oldi.