Shukurov Anvar Ismatovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvonini berish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zining ishbilarmonlik, izlanuvchanlik va tashabbuskorlik fazilatlari bilan keng tarmoqli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ko‘plab muhim investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, ayniqsa, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llagan holda, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika kabi muhim sohalarda import o‘rnini bosadigan, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etayotgani, mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini oshirish borasida namuna ko‘rsatib, katta yutuqlarga erishayotgani hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Shukurov Anvar Ismatovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev