Short-trek: yosh sportchimiz Osiyo ochiq chempionatida muvaffaqiyatga erishdi
Hindistonning Dehradun shahrida sportning short-trek turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo ochiq chempionatida yosh sportchimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi.
14-15 yoshli o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada yurtimiz sportchilari yana bir bor o‘zlarining iqtidor va mahoratini namoyon etdi.
Qiziqarli kechgan bahslarda yosh sportchimiz Alisher Mahmudov belgilangan masofani ikkinchi o‘rinda bosib o‘tdi va chempionatning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) taqvim rejasidan o‘rin egallagan mazkur chempionat musobaqalari 20-avgustga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA