“Mustaqillik kubogi” musobaqasiga start berildi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Musaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Musobaqa ochilishida so‘z olgan viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Qahramon Umarov ishtirokchilarni mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yillik bayrami bilan muborakbod etdi va jamoalarga omad tiladi.


Prezidentimizning joriy yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, shuningdek, jamoaviylik, do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqda bojxona boshqarmasi bo‘lim va tuzilmalari xodimlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.


Musobaqaning birinchi kunida qator qiziqarli uchrashuvlar o‘tkazildi. Bir necha kun davom etadigan musobaqa g‘olib va sovrindorlari munosib rag‘batlantiriladi.
Faxriddin Ubaydullayev,
O‘zA muxbiri