«Şodlik»da bolalar orzusi röyobga çiqmoqda
Oqoltin tumanining «Şodlik» mahallasida bolalar uçun zamonaviy sport öyingohi barpo etilmoqda. Mahalla aholisi taşabbusi bilan ilgari surilgan uşbu loyihani amalga oşiriş uçun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Nodira Jonibekova tomonidan 1 milliard 300 million söm mablağ yönaltirildi.
Deputat mahallaga taşrifi davomida quriliş jarayoni bilan tanişdi. Unga tuman hokimi hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengaşi deputatlari hamrohlik qildi. Joyida quriliş işlarining sifati, şartnoma majburiyatlarining bajarilişi va ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişi örganildi.
— Aslida, bu taşabbus mahalla aholisining öziga tegişli. Ular bolalarning sport bilan şuğullanişi, böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun zamonaviy öyingoh quriş taklifi bilan çiqişdi. Biz esa deputatlik vakolatimiz doirasida uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlab, uni amalga oşiriş uçun 1 milliard 300 million söm mablağ yönaltirilişiga erişdik. Bundan közlangan maqsad — mahalla bolalari uçun sport bilan muntazam şuğullaniş imkoniyatini yaratiş, ularni soğlom turmuş tarziga jalb etiş va yoş avlod kamoloti uçun munosib şaroit hozirlaşdir. Zero, aholi taşabbusi asosida amalga oşirilgan har bir loyiha odamlar hayotidagi ijobiy özgarişlar bilan qadrlidir, — deydi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Nodira Jonibekova.

Örganiş davomida quriliş işlarining belgilangan talablar asosida olib borilişi, pudratçi taşkilot tomonidan şartnoma majburiyatlarining öz vaqtida bajarilişi yuzasidan masʼullar bilan fikr almaşildi. Şuningdek, taşrif yakunida pudratçi taşkilot va mahalla faollariga sport öyingohi atrofini kökalamzorlaştiriş, hududni obodonlaştiriş hamda bolalar uçun qulay va xavfsiz muhit yaratiş böyiça tavsiyalar berildi.
Mazkur inşoot foydalanişga topşirilgaç, «Şodlik» mahallasi bolalari sport bilan şuğullaniş, jismoniy qobiliyatini rivojlantiriş va böş vaqtini mazmunli ötkaziş uçun zamonaviy maskanga ega bölişadi. Bu esa yoşlarning sportga qiziqişini oşiriş, ular örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etişga xizmat qiladi.


Maʼlumot örnida şuni aytib ötiş kerakki, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlariga öz saylov okruglaridagi dolzarb muammolarni hal etiş maqsadida har yili ikki mavsum davomida BHM ning 8 ming baravari miqdorida mablağ yönaltiriş vakolati berilgan.
Joriy yil 1-avgustdan kuçga kirgan tartibga muvofiq, deputatlar ajratilgan mablağ doirasida bir mavsumning özida bir neçta loyihani qöşimça ğolib sifatida tanlaşi mumkin. Bunda ovoz beriş jarayonida yetarli ovoz töplay olmagan, biroq ijtimoiy ahamiyati yuqori bölgan taşabbuslar ham qöllab-quvvatlanadi. Sönggi mavsumda mamlakat böyiça şunday 346 ta loyiha qöşimça ğolib deb topilgan.
«Şodlik»dagi sport öyingohi — mahalla ahlining istagi, deputatlik kömagi va amaliy saʼy-harakatlar samarasi. Bu yerda qad rostlayotgan inşoot şunçaki sport maydonçasi emas, balki bolalarning soğlom ösişi, orzu-intilişlari röyobga çiqişi va kelajakdagi yutuqlari uçun yaratilayotgan imkoniyatdir. Zero, obod mahalla va soğlom avlod sari qöyilgan har bir qadam ana şunday ezgu taşabbuslardan boşlanadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri