“Ittifoq billur kubogi” mini futbol musobaqasi ğoliblari aniqlandi.
Özbekiston yoşlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengaşi taşabbusi bilan viloyatdagi davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari örtasida “Ittifoq billur kubogi” mini futbol musobaqasi taşkil etildi.
Murosasiz va qizğin bahslarga boy tarzda ötgan musobaqa yakunida Navoiy davlat universiteti jamoasi 1-, Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi 2- va Navoiy Şarq universiteti jamoasi 3-örinni egalladi.


Ğolib va sovrindor jamoalar Özbekiston yoşlar ittifoqi viloyat Kengaşining diplom, kubok hamda qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri