Shijoatli va g‘ayratli yoshlar bahsi
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati Buloqboshi tumanida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining quyi bosqichi o‘tkazildi.
Yoshlar ishlari agentligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqa mahalla yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadiga qaratilgan.
18-22 yoshdagi ishtirokchilar jamoaviy tarzda turnikda tortilish, granata uloqtirish, qisqa va uzoq masofaga yugurish, Kalashnikov avtomati (AK-74)ni qismlarga ajratish va yig‘ish, merganlik kabi shartlar bo‘yicha bellashdi. Yakunga ko‘ra, Shirmonbuloq mahallasi jamoasi 1-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. 2-o‘rin Do‘lana, 3-o‘rin Ismoilov mahallasi yoshlariga nasib etdi.
— Musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoa bo‘lib harakat qildik va yutuqni birgalikda qo‘lga kiritdik, - deydi g‘olib jamoa sardori Umidjon Mirzakarimov.
[gallery-23212]
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqaning respublika bosqichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoa a’zolariga oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanoma beriladi. Shuningdek, g‘olib mahallalarda zamonaviy sport inshootlari qurib beriladi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA