Shifokorlar qayerda malaka oshirishni o‘zlari tanlaydi va xarajatlarni davlat to‘laydi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Kun sayin tibbiyotga yangi texnologiyalar, zamonaviy diagnostika va davolash usullari kirib kelmoqda.
– Tibbiyot xodimlari doim o‘z ustida ishlashi, yangiliklardan ortda qolmasligi kerak! – dedi Prezidentimiz.
Shu bois, xodimlar malakasini oshirishga xususiy sektor faol jalb etiladi. Tibbiyot xodimlari qayerda malaka oshirishni o‘zlari mustaqil tanlaydi.
Birlamchi bo‘g‘in va tumanlardagi xodimlarning malaka oshirish xarajatlari to‘liq qoplanadi. Mazkur xarajatlarni davlat o‘z zimmasiga oladi.
Natijada tumanlarda ishlaydigan 130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard so‘m mablag‘i o‘zida qoladi.
O‘zA