SHHT sammitidagi tashabbuslar - mintaqa taraqqiyotiga zamin (+Video)
Davlatimiz rahbari shu yil 1-sentabr kuni Bishkek shahrida o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yubiley yig‘ilishida ishtirok etib, bir qator g‘oya va tashabbuslarni ilgari surdi.
O‘zbekiston SHHT asoschilaridan biri sifatida tashkilot doirasida faol ishtirok etib, geosiyosiy barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiladigan ilg‘or tashabbuslarni ilgari surayotgani mamlakatimizning xalqaro maydondagi faol, tashabbuskor pozitsiyasini yaqqol namoyon etmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Ulug‘bek Shermatov SHHTning Bishkek sammitida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Deputat qayd etganidek, SHHTga a’zo davlatlar hududida bugungi kunda 3,4 milliarddan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ushbu hududda yangi texnologiyalar, ishlanmalar, jadal iqtisodiyotni qamrab oladigan davlatlar mavjud. Prezidentimiz ushbu salohiyatni, imkoniyatlarni birlashtirsak, mintaqa uchun yangi imkoniyatlar ochiladi, degan maqsad bilan muhim takliflarni ilgari surdi.
Muhtarama Komilova,
Anvar Ahmedov (video),
O‘zA