ŞHT Boş kotibi Samarqanddagi ekspertlik muloqotida nutq sözladi
Samarqandda bölib ötayotgan Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlik muloqotida Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi Nurlan Yermekbayev nutq sözladi.
ŞHT Boş kotibi öz çiqişida taşkilotning 2024-yilda Ostona şahrida bölib ötgan sammitida uşbu forumning ötkazilişiga oid taşabbusni ilgari surgani uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Taʼkidlanganidek, bunday formatdagi hamkorlik keng kölamli inklyuziv xalqaro şeriklikni şakllantirişga xizmat qiladi.
ŞHT Boş kotibi Taşkilot ötgan çorak asr içida turli siyosiy tizimlar, madaniy anʼanalar va milliy ustuvorliklarga ega bölgan davlatlarni birlaştirgan nufuzli transmintaqaviy köp tomonlama tuzilmaga aylanganini qayd etdi. Şu bilan birga, davlatlarimiz yetakçilarining bir ovozdan Markaziy Osiyo ŞHTning özagi sifatida eʼtirof etgani alohida taʼkidlandi.
Mintaqaviy xavfsizlik uçun muhim ahamiyatga ega bölgan Afğonistonda tinçlik, barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. «ŞHT Afğonistonning terrorçilik, uruş va giyohvandlikdan xoli bölgan mustaqil, betaraf va tinçliksevar davlat sifatida qaror topişi tarafdori ekanini hamda uşbu mamlakatda tinçlik, barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlaş böyiça xalqaro hamjamiyat tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi», - dedi Nurlan Yermekbayev.
ŞHT Boş kotibi 2026-yil sentabr boşida bölib ötgan ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining Bişkek sammitida qabul qilingan muhim qarorlarga alohida töxtaldi. Jumladan, uşbu sammitda ŞHTga aʼzo davlatlarning xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça Universal markaz hamda ŞHT Narkotiklarga qarşi kuraşiş markazi Ijroiya qömitasi töğrisidagi nizomlar tasdiqlangan edi. Şuningdek, 2030-yilgaça möljallangan giyohvandlikka, sintetik narkotiklar va ularning prekursorlari tarqalişiga qarşi kuraşiş böyiça dasturlar qabul qilindi.
Söz yakunida Nurlan Yermekbayev hamkorlikning istiqboldagi asosiy yönalişlarini belgilab berdi. Ular orasida - ekspertlar muloqotini çuqurlaştiriş, yangi texnologik xavf-xatarlarga qarşi kuraş, terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, narkotiklarning noqonuniy aylanişi hamda jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi qöşma çoralar kölamini kengaytiriş, şuningdek, preventiv diplomatiya va muloqot madaniyatini mustahkamlaş kabi masalalar örin olgan.
ÖzA