Raqamli transformatsiya global xavfsizlik muhitini özgartirmoqda
Samarqandda bölib ötayotgan Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlik muloqotida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi örinbosari vazifasini bajaruvçi, BMT Terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi rahbari Aleksandr Zuyev nutq sözladi.
– Uşbu Muloqotning ahamiyati nafaqat yangi tahdidlarni baholaş borasida tajriba almaşiş, balki milliy salohiyatni mustahkamlaş va barqaror professional tarmoqlarni yaratişga xizmat qiluvçi amaliy hamkorlik yönalişlarini belgilab olişda ham namoyon böladi, — deya taʼkidladi Aleksandr Zuyev.
BMT Boş kotibi örinbosari vazifasini bajaruvçi raqamli transformatsiya global xavfsizlik muhitini özgartirib, xavf-xatarlarning oldini oliş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratayotganini qayd etdi. Şu bilan birga, texnologik taraqqiyot yutuqlaridan terrorçilar ham öz maqsadlarida foydalanişi xavfi ortmoqda.
Markaziy va Janubiy Osiyoda «IŞID — Xuroson» eng jiddiy tahdidlardan biri bölib qolmoqda. Uşbu guruh anʼanaviy vositalar bilan bir qatorda, tarğibot materiallarini, jumladan, Markaziy Osiyo tillariga tezkor tarjima qiliş va keng tarqatişda sunʼiy intellektdan faol foydalanmoqda.
Terrorizm, kiberjinoyatçilik va noqonuniy moliyaviy oqimlarning tobora bir-biriga çirmaşib ketayotgani terrorçilik faoliyatini aniqlaş va unga çek qöyişga qaratilgan saʼy-harakatlarni yanada murakkablaştirmoqda.
– Xavfsizlik sohasi mutaxassislari oldida turgan vazifa şunçaki yuz berayotgan özgarişlar bilan hamqadam böliş emas, balki tahdidlarni öz vaqtida aniqlaş, turli idoralar hamda yurisdiksiyalar örtasida axborotni töplaş va tahlil qilişni taʼminlaş, olingan natijalarni esa öz vaqtida amaliy harakatlarga aylantirişdan iboratdir, – dedi BMT vakili.
ÖzA