Sherzod Temirov "Erbil" klubi bilan xayrlashdi
Sherzod "Erbil" safida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 29ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Sherzod Temirov Iroqning "Erbil" klubini tark etdi.
Kecha futbolchimiz "Al Sho‘rta"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi va o‘yin so‘nggida muxlislar bilan xayrlashdi. Bundan tashqari, Temirov o‘zining Instagram sahifasida ham Iroq klubidan ketganini ma’lum qildi. Sherzod "Erbil" safida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 29ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
