Aleksander Nyubel jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi safida bo‘ladi
Germaniya terma jamoasining yakuniy tarkibi turnir startiga yaqin tasdiqlanishi rejalashtirilgan.
Germaniya terma jamoasi va "Shtutgart" klubi darvozaboni Aleksander Nyubel Germaniya terma jamoasining yakuniy qaydnomasidan joy oladi.
Transfer huquqi Myunxenning "Bavariya" klubiga tegishli bo‘lgan, biroq yakuniga yetgan mavsumda "Shtutgart" sharafini himoya qilgan posbon jahon chempionatida Germaniya terma jamoasining 3-raqamli darvozaboni bo‘ladi. Bu haqida Sky Sport Germany xabar bermoqda. Qayd etilishicha, nemislarning asosiy posboni albatta Manuel Noyer bo‘lsa, ikkinchi darvozabon sifatida Oliver Bauman mundialga olib boriladi. Germaniya terma jamoasining yakuniy tarkibi turnir startiga yaqin tasdiqlanishi rejalashtirilgan.
Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Ekvador, Kyurasao va Kot-d’Ivuarga qarshi maydonga tushadi.