Shaxmatchilarimizdan 16 ta oltin medal!
Shri-Lankada shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida XIV Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi
Shri-Lankada shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida XIV Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda shaxmatchilarimiz blis, rapid va standart yo‘nalishlari bo‘yicha dona surib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. 16 ta oltin, 12 ta kumush va 6 ta bronza medallar shodasi o‘quvchilarimiz mahoratidan darak berib turibdi.
Osiyo chempionlari Vatanimizga qaytib keldi.