Shaxmatchilarimiz shohsupaga koʻtarildi
Poytaxtimizdagi shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida Oʻzbekistonning birinchi grossmeysteri G.Aʼzamov xotirasiga bagʻishlangan XIII “Tashkent Open” xalqaro turniri yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va “Central Chess Club” MCHJ tomonidan tashkil etilgan mazkur anʼanaviy musobaqada dunyoning 14 davlatidan kelgan 250 ga yaqin shaxmatchi ”A” va ”B” guruhiga boʻlingan holda gʻoliblik uchun oʻzaro bahslashdi.
Shaxmatchilar 9 tur davomida shveysarcha tizimda gʻoliblik uchun dona surdi. Musobaqaning ”A” guruhida belaruslik Aleksey Fedorov 7,5 ochko toʻplab, musobaqa gʻolibiga aylandi. Hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov esa 7 ochko bilan ikkinchi, braziliyalik Aleksandr Fayer 6,5 ochko bilan uchinchi pogʻonadan joy oldi .
”B” guruhida esa umidli sportchilarimizdan Server Abduraimov, Avazbek Muzaffarov, Temur Shernazarov bir xil – 7,5 ochkodan toʻplagan holda XIII “Tashkent Open” xalqaro turnirining gʻolib va sovrindorlariga aylandi.