Shaxmat: Sindorov bugun Anish Giri bilan kuch sinashadi
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o‘tayotgan “Superbet Chess Classic Romania 2026" xalqaro turnirining kecha yakunlangan 3-tur bahsida Javohir Sindorov qora donalarda fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan durangga erishdi.
Shuningdek, 3-turda niderlandiyalik Anish Giri oq donalarda Fransiya sharafini himoya qilayotgan Alireza Firuzjani, niderlandiyalik Jorden van Forest qora donalarda ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikni mag‘lub etgan bo‘lsa, Uesli So(AQSH)-Fabiano Karuana(AQSH), Rameshbabu Praggnanandxa(Hindiston)- Vinsent Kaymer(Germaniya) o‘rtasidagi bahslarda murosa yo‘li tanlandi.

Bugun, 17-may kuni mukofot jamg‘armasi 475 ming AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning 4-turida hamyurtimiz Javohir Sindorov oq donalarda azaliy raqiblaridan biri Anish Giri bilan ro‘baro‘ keladi.
Mazkur turda Uesli So-Bogdan-Daniel Dik, Jorden van Forest- Praggnanandxa, Vinsent Kaymer-Maksim Vashe-Lagrav, Fabiano Karuana-Alireza Firuzja to‘qnashuvlari ro‘y beradi.

Eslatib o‘tamiz, turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shaxmatchi 100 ming, 2-o‘rin sohibi 65 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Xalqaro turnirning so‘nggi 9-tur musobaqalari 23-may kuni bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA