Şaxmat: Nodirbek Abdusattorov bugun Budapeştda Alireza Firuzja bilan kuç sinaşadi
Vengriyaning Budapeşt şahrida yangi formatdagi “Total Chess World Championship Tour 2026” musobaqasining dastlabki öyinlari ortda qoldi.
Aytiş lozimki, mukofot jamğarmasi 650 ming AQŞ dollarini taşkil etuvçi yangi formatdagi nufuzli turnir uç xil vaqt nazoratida, 24 nafar şaxmatçi iştirokida 11 kun davomida ötkaziladi.
Keça mazkur musobaqaning ilk bosqiçida iştirokçilar blits bahslarida kuç sinaşdi.

Özbekiston terma jamoasi sardori Nodirbek Abdusattorov ortda qolgan 9 ta turda faqat qozoğistonlik Bibisara Assaubayevani mağlub etdi. Armanistonlik Xayk Martirosyan, amerikalik Levon Aronyan, niderlandiyalik Jorden van Forest bilan durang öynadi. Germaniyalik Vinsent Kaymer, ozarbayjonlik Şaxriyor Mamedyarov, amerikalik Mişra Abhimanyu, polşalik Yan-Kşiştof Duda va vetnamlik Lem Lega imkoniyatni boy berdi.
Uşbu natijalar sarhisobiga köra, Abdusattorov 2,5 oçko jamğargan holda 22-poğonani band etdi. Töqqiz imkoniyatdan 7 oçko jamğargan norvegiyalik Magnus Karlsen blits bahslarida yetakçilikka erişdi.

Bugun, 11-noyabr kuni “Total Chess World Championship Tour 2026” musobaqasining “Fast Classic” formatidagi bahslari boşlanadi.
Unda 24 nafar şaxmatçi 6 nafardan iborat 4 ta guruhga bölinib, ikki davrali aylana tizimda kuç sinaşadi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov fransiyalik Alireza Firuzja, polşalik Yan-Kşiştof Duda, niderlandiyalik Jorden van Forest, amerikalik Levon Aronyan va Endryu Z.Xong bilan “A” guruhida bahs olib boradi.
Bugun ötkaziladigan 2 ta turda Nodirbek Alireza Firuzjaga qarşi dona suradi. 15-noyabrga qadar davom etadigan uşbu formatdagi bahslarda ğoliblik uçun 3 oçko, durangga esa 1 oçko taqdim etiladi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA