Osiyo kubogi: ilk turda ğalabaga erişgan şaxmatçilarimiz Hindiston va Qozoğiston bilan kuç sinaşadi
Şu kunlarda Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida şaxmat böyiça erkaklar va ayollar jamoalari örtasida Osiyo kubogi musobaqalari ötkazilmoqda.
9 ta turdan iborat qitʼa kubogi bahslarining erkaklar guruhida 21 ta, ayollar guruhida 12 ta mamlakat terma jamoalari dona surmoqda.

Ortda qolgan 1-tur öyinlarida Humoyun Bekmuratov, Abdumajid Botiraliyev, Muhammadali Abdurahmonov, Bahrom Bahrillayev, Şeralijon Ravşanovdan iborat Özbekiston erkaklar jamoasi aʼzolari Falastin terma jamoasini 3,5:1,5 hisobida, Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Gulruhbegim Tohirjonova, Nilufarxon Imomqöziyevadan taşkil topgan şaxmatçi qizlarimiz esa ilk turda Pokiston terma jamoasini 4:0 körinişida doğda qoldirdi.

Bugun, 11-noyabr kuni Osiyo kubogining 2-turida Özbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan, şaxmatçi qizlarimiz Qozoğiston jamoasi bilan kuç sinaşadi.
Musobaqalar 17-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev, ÖzA