Maqsud Asadov: Alifbo — millatning maʼnaviy hujjati (+video)
Alifbo millat taqdiri, bilim va qadriyatlar köprigidir. Özbekistonda yangi alifboga ötiş zarurati, uning hayotga taʼsiri mutaxassis nigohida.
U nafaqat tovuşlarni yozuvda aks ettiriş vositasi, balki millatning asrlar davomida töplagan bilim va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazuvçi köprik hisoblanadi. Ajdodlarimiz yaratgan ilmiy asarlar, badiiy durdonalar va tarixiy solnomalar aynan yozuv orqali bizgaça yetib kelgan. Alifbo ötmiş va bugun örtasidagi uzviy boğliqlikni taʼminlaydi.
Tilning sofligini saqlaş, uning boy imkoniyatlarini töliq namoyon etiş mukammal alifboga boğliq. Töğri şakllangan alifbo tilning rivojlanişiga va xalqaro maydondagi nufuzi oşişiga xizmat qiladi. Savodxonlik, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni özlaştiriş alifbodan boşlanadi. U millatning intellektual salohiyatini yuksaltirişda asosiy poydevor vazifasini bajaradi.
Bugun biz yangi alifboga ötiş jarayonlari arafasida turibmiz, Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadov bilan Yangi alifboning qabul qilişga bölgan ehtiyoj, uni hayotimizga tatbiq etiş va özlaştiriş jarayonlari haqida batafsil suhbatlaşdik.
Muhayyo Turdaliyeva, Doniyor Yakubov, Anvarxöja Ahmedov, ÖzA