Sharafli kasbimdan faxrlanaman! (+video)
O‘qituvchining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi.
Ustoz, murabbiy, o‘qituvchi deya ta’rif etilgan insonlar jamiyatning kelajagi va ishonchi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalaydi. Har qanday odam o‘qituvchi bo‘la olmasligini hayot tajribasi ko‘rsatmoqda. Bu kasbni egallash uchun kishida qobiliyat, muayyan ijtimoiy-psixologik malaka va ma’lum tayyorgarlik bo‘lishi lozim.
“Kelajak bunyodkorlari“ loyihasining qahramoni, Toshkent transport texnikumi, maxsus fan o‘qituvchisi Madina Gulamova kasbiy ta’limdagi islohotlar, sharafli kasbning mashaqqatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Muhayyo Turdaliyeva, Oybek Davronov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA