Sevil va Nigina o‘yin taqdirini hal qildi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tennis bo‘yicha "Billie Jean King Cup" musobaqasining Osiyo/Okeaniya mintaqasi II guruh bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Unda O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi Shri-Lanka ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqadagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida Nigina Alimova Yuhansa Peyrisni 6:1, 6:3, Sevil Yo‘ldosheva Dinara De Silvani 6:1, 6:3 hisobida yengdi. Juftliklar bellashuvlarida esa Keyra Kim va Fotima Mahmudova tandemi kutilmaganda 3:6, 7:5, 8:10 hisobida Akisha Xirundi Silva Diyunuge hamda Annaya Joani Norbetga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini g‘alaba bilan boshlab, keyingi uchrashuvlar oldidan muhim ustunlikka ega bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA