Sergey Fomin Xitoyda bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Xitoyning Guanchjou shahrida “Challenger 100” turkumiga kiruvchi “Huangpu International Tennis Open – 2026” xalqaro turnirida mamlakatimiz sharafini Sergey Fomin yakkalik va juftlik bahslarida himoya qilmoqda.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi yakkalik bahslarining ilk bosqichida malayziyalik Mitsuki Vey Kan Leongga qarshi kortga chiqadi. Juftlik bahslarida esa Sergey Fomin xitoylik Aoran Van bilan birga ishtirok etmoqda. Ular birinchi bosqichda Xitoy Taybeyi vakillari Sun-Xao Xuan va Chen-Pen Se duetiga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, “Huangpu International Tennis Open – 2026” turnirining umumiy sovrin jamg‘armasi 177 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Yakkalik bahslari g‘olibiga 26 ming 130, finalchiga esa 15 ming 360 AQSH dollari mukofot sifatida beriladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA