Sergey Fomin va Humoyun Sultonovning Xitoydagi raqibi aniq bo‘ldi
Xitoyning Vunin shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida “Challenger” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda ikki hamyurtimiz Sergey Fomin va Humoyun Sultonov ishtirok etmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 63 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov saralash bosqichining ilk uchrashuvida yaponiyalik Yuki Motizukini 6:3, 6:4, finalda esa avstraliyalik Tay Sachni 7:6, 6:3 hisobida taslim etgan holda asosiy to‘rga yo‘l oldi.
Endi musobaqa asosiy to‘rining birinchi davrasida Sergey Fomin neytral tennischi Daniil Ostapenkov bilan raqobatlashsa, Humoyun Sultonov mezbonlar vakili Van Aojanga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA