Sergey Fomin Tbilisida porlamoqda
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo‘yicha M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda Sergey Fomin juftlik bahslarida chorak finalga chiqdi.
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi xalqaro musobaqaning juftlik bellashuvlarida neytral tennischi Erik Arutiyunian bilan tandem hosil qilib, ilk bosqichda Denis Istomin va neytral tennischi Yevgeniy Karlovskiy duetiga qarshi kortga chiqdi.
Ushbu uchrashuvda Sergey va Erik 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi ular chorak final bosqichida kiprlik Elefterios Neos va neytral tennischi Semen Pankin juftligiga qarshi raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA