Sergey Fomin nimchorak finalga yo‘l oldi
Portugaliyada tennis bo‘yicha M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin muvaffaqiyatli start oldi.
Sergey Fomin musobaqaning ilk davrasida shveysariyalik Hugo Oziluga qarshi kortga chiqdi. Qiziqarlisi, mazkur o‘yin ob-havoning noqulay kelishi va kuchli yomg‘ir sabab ikki kun davom etdi. Sergey bahsda 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, nimchorak final bosqichiga yo‘l olgan tennischimiz chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda slovakiyalik Martin Klijanga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA