Serbiyaga rasmiy tashrif, sudyalikda yangi talablar va sportdagi yutuqlar - Qisqa xabarlar
Bugungi “Qisqa xabarlar” dasturida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi, Belgradda O‘zbekiston–Serbiya Hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilgani, sudyalikka nomzodlar uchun yosh chegarasini 35 yoshdan 30 yoshga tushirish taklifi hamda qidiruvda bo‘lgan “Jentra” avtomobili topilgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, bojxona postida ruxsatsiz olib kirilayotgan qurollar ushlangani, xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan bola Vatanga qaytarilgani, bokschilarimizning Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketgani, O‘zbekiston jamoasi VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida beshinchi o‘rinni egallagani va Bekzod Qurbonovning Germaniyada sovrindor bo‘lgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c-P0vYFUtWA" title="8 Sentabr: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov,
Yoqub Meliboyev, O‘zA