"Senatorlar va yoşlar uçraşuvi": kelajakka qadam bugundan boşlanadi
Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida “Kelajakka bugundan qadam” loyihasi doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boşqaruvi raisi – Boş direktori, Özbekiston Qahramoni, senator Quvondiq Sanoqulov hamda Özbekiston Milliy axborot agentligi Boş direktori, senator Abdusaid Köçimov iştirokida “Senatorlar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi.
Tadbirda navoiylik yoşlar bilan birga Urgut tumanidan kelgan törtta umumtaʼlim maktabi yuqori sinf öquvçilari va ularning ustozlari qatnaşdi.
Bugun yurtimizning barça hududlarida, jumladan, Samarqand viloyatining Urgut tumanida ham köplab yer osti va yer usti boyliklari mavjud. Kelgusida ularni qazib oliş hamda qayta işlaş korxonalari işga tuşiriladi. Ularda faoliyat yuritiş uçun esa yuzlab, minglab mutaxassislar kerak. Va albatta, ularda bugun voyaga yetayotgan yoşlar işlaşadi. Buning uçun esa yoşlarni hozirdan kasbga qiziqtiriş va örgatiş lozim.
Urgut tumanidagi Abdusaid Köçimov kutubxonasi hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida taşkil etilgan uşbu uçraşuv ham yoşlarni kombinat hamda Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti faoliyati bilan yaqindan taniştiriş, yoşlarda konçilik va metallurgiya sohalariga bölgan qiziqişni yanada oşiriş, ularni uşbu yönalişlarda bilim oliş va kasb egallaşga rağbatlantirişdir.
Uçraşuvda senatorlar yoşlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaşi, taşabbus va ğoyalarini amaliyotga tatbiq etişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida söz yuritdilar.
Taʼkidlanganidek, bugun mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda inson, uning qadr-qimmati, bilim va salohiyatini röyobga çiqarişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yoş avlodning zamonaviy bilimlarni egallaşi, raqobatbardoş kasb-hunarlarni özlaştirişi, jamiyat va davlat taraqqiyotida faol iştirok etişi uçun şart-şaroit yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
– Bugungi kunda mamlakatning iqtisodiy qudratini nafaqat tabiiy boyliklari yoki işlab çiqariş quvvati, balki inson kapitali, bilimli, taşabbuskor, zamonaviy texnologiyalarni özlaştirgan mutaxassislar belgilab berişi heç kimga sir emas, – deydi Quvondiq Sanoqulov. – Yoşlarni sifatli taʼlim bilan qamrab oliş, ularni mehnat bozori talablariga mos kasblarga yönaltiriş va ilmiy izlanişlarga jalb etiş esa muhim ahamiyatga ega. Taʼlim tizimidagi islohotlarda ham aynan şu ehtiyojdan kelib çiqib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştiriş, oliy taʼlim muassasalari va işlab çiqariş korxonalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga eʼtibor qaratilmoqda. Şuning uçun siz – yoşlardan umidimiz katta. Ertaga har biringiz öz qiziqişingizdan kelib çiqqan holda bilim olişingiz, öz ustingizda tinimsiz işlaşingiz lozim. Zero, konçilik va metallurgiya sohasi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bölib, uning kelgusi taraqqiyoti zamonaviy bilimga ega, innovatsion fikrlaydigan va yuqori malakali kadrlarga bevosita boğliq.
Albatta, Navoiy kon-metallurgiya kombinati kabi yirik sanoat korxonalarining rivojlanişi ham yangi avlod mutaxassislariga bölgan talabni oşiradi. Sanoat tarmoqlarida raqamlaştiriş, avtomatlaştiriş, resurslardan oqilona foydalaniş va ekologik talablarni taʼminlaş jarayonlari tobora kengaymoqda. Bu esa barça yönalişlardagi mutaxassislardan doimiy ravişda bilim va malakasini oşirib borişni talab etadi.
– Men Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida faqat öğil bolalar öqiydi, deb öylardim. Ammo bu yerda köplab xotin-qizlar va ayollar işlayotganini, qizlar öqiyotganini kördim va men ham ularga havas qildim, – deydi urgutlik öquvçi Ziyoda Bahodirova. – Universitetda dars jarayonlari, texnologiya va laboratoriya xonalari bilan tanişdik. Biz ularning zamonaviy jihozlar bilan jihozlanganligini kördik va laboratoriya maşğulotlarini birga bajardik. Navoiyga kelganimdan juda ham xursandman. Bizga konçilik sohasidagi iş jarayonlarini tuşuntirib berişdi. Maktabni bitirgaç, uşbu oliy öquv yurtida öqişni niyat qildim.
Uçraşuvda yoşlar tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar qöllab-quvvatlanib, ularni amalga oşiriş mexanizmlari belgilab olindi. Universitet va maktablar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, yoş mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oşirişga qaratilgan hamkorlikni kengaytiriş taklifi bildirilib, öquvçilarning qöşimça bilim olişi uçun oliy öquv yurti professor-öqituvçilari yaqindan kömak berişga tayyor ekanliklarini bildirişdi.
Natijada tadbir sönggida Abdusaid Köçimov kutubxonasi, 37-umumtaʼlim maktabi hamda Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti örtasida ustoz-şogird anʼanalarini rivojlantirişga qaratilgan uç tomonlama memorandum imzolandi.
[gallery-32344]
Unga köra, endilikda taʼlimning turli bosqiçlari örtasidagi uzviylik mustahkamlanib, öquvçilarning bilim salohiyatini yuksaltiriş, ularni kitobxonlikka, ilm-fanga va izlanişga keng jalb etişga alohida eʼtibor qaratiladi. Ularga oliy taʼlim muassasasi professor-öqituvçilari va talabalari kömagida kasb tanlaş, ilm-fan sirlarini örganiş, öz qiziqiş va qobiliyatlarini rivojlantirişga imkoniyat yaratiladi.
Köp bora taʼkidlanayotgandek, bilimli va salohiyatli avlodni tarbiyalaş faqat taʼlim muassasasining vazifasi emas. Bu maktab, oliy taʼlim, kutubxona va keng jamoatçilikning hamkorligida amalga oşadigan jarayondir. Imzolangan memorandum ham ana şu hamkorlikni mustahkamlaş, yoşlarning taʼlim va tarbiyasida izçillikni taʼminlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
A.Böriyev, S.Aslonov (surat),
ÖzA muxbirlari