Seminar tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş masalasiga bağişlandi
Köhna va boqiy Buxoroda YUNESKO hamkorligida tarixiy obidalarni iqlim özgarişi taʼsiridan asraşga bağişlangan xalqaro seminar ötkazilmoqda. Unda jahon madaniy merosini muhofaza qiliş, tarixiy inşootlarning iqlim özgarişiga moslaşuvçanligini oşiriş va bu borada ilmiy-amaliy yondaşuvlarni işlab çiqiş masalalari muhokama qilinmoqda.
YUNESKO tomonidan “Özbekistondagi umumjahon merosi obʼektlariga iqlim özgarişining taʼsiri va moslaşuv çoralari” mavzusida xalqaro seminarni Buxoro viloyati hokimi örinbosari Botirjon Şahriyorov kiriş sözi bilan oçib, Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylaş, uni kelajak avlodlarga asl qiyofasida yetkaziş bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini taʼkidladi. Şuningdek, iqlim özgarişi tufayli yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan örganiş, ularning tarixiy obidalarga taʼsirini kamaytiriş va oldini olişda xalqaro hamkorlikning ahamiyatiga alohida töxtaldi.
Darhaqiqat, iqlim özgarişi bugun nafaqat tabiat va ekologik muvozanat, balki insoniyatning köp asrlik tarixiy xotirasi, meʼmoriy merosi uçun ham jiddiy sinovga aylanmoqda. Haroratning kötarilişi, namlik rejimidagi özgarişlar, çöllaniş, kuçli yoğingarçilik va boşqa tabiiy omillar tarixiy binolarning konstruksiyasi, quriliş materiallari hamda mustahkamligiga taʼsir körsatişi mumkin. Ayniqsa, asrlar davomida tabiiy şaroit bilan uyğunlikda şakllangan anʼanaviy meʼmoriy inşootlar uçun bu jarayonlarni oldindan baholaş va moslaşuv çoralarini işlab çiqiş muhimdir.


Bu jihatdan Buxoroning xalqaro seminar uçun pilot hudud sifatida tanlangani bejiz emas. 1993-yilda YUNESKO ning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan şaharning tarixiy markazi nafaqat milliy, balki umuminsoniy qadriyat hisoblanadi. Undagi meʼmoriy yodgorliklar, qadimiy mahallalar, anʼanaviy quriliş uslublari va tarixiy şaharsozlik muhiti xalqimizning boy madaniy tafakkuri hamda bunyodkorlik anʼanalarini özida mujassam etgan.
Mazkur xalqaro seminar Özbekiston Respublikasining YUNESKO işlari böyiça Milliy komissiyasi hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida taşkil etilmoqda. Unda mahalliy hokimlik organlari vakillari, madaniy merosni muhofaza qiliş mutaxassislari, meʼmorlar, restavratorlar, şaharsozlar, ekologlar, turizm sohasi vakillari hamda tadqiqotçilar iştirokçi qatnaşmoqda.
Amaliy maşğulotlarga xalqaro ekspert, Buyuk Britaniyaning Linkoln universiteti katta öqituvçisi doktor Keti Deyli (Dr Cathy Daly) rahbarlik qilmoqda. Maşğulotlar davomida iqlim özgarişining tarixiy obidalar va anʼanaviy meʼmoriy inşootlarga taʼsiri, mavjud xavf-xatarlarni aniqlaş va baholaş, şuningdek, ularning oldini oliş böyiça ilmiy-amaliy yondaşuvlar körib çiqiladi.


Eʼtiborli jihati, mamlakatimizda madaniy merosni muhofaza qiliş masalasi davlat siyosati darajasida ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan tarixiy şaharlarni obodonlaştiriş, milliy meʼmoriy merosni asraş, turizm salohiyatini oşiriş va ularni xalqaro miqyosda keng tarğib etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar bu yönalişdagi saʼy-harakatlarning muhim qismidir. Bunda asosiy vazifa tarixiy qiyofani saqlaş bilan birga, obidalarni zamonaviy ekologik xavflardan himoya qilişning samarali mexanizmlarini şakllantirişdan iborat.
Zero, Buxoroni asraş — bu faqat tarixiy binolarni saqlab qoliş emas. Bu xalqimizning xotirasi, milliy özligi, meʼmoriy tafakkuri va asrlar davomida şakllangan qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkaziş demakdir. Şu bois iqlim özgarişi şaroitida madaniy merosni muhofaza qiliş masalasiga ilmiy yondaşuv, xalqaro tajriba va tizimli hamkorlik asosida yeçim topiş alohida ahamiyat kasb etadi.
Uç kun davom etadigan xalqaro seminarda bildiriladigan taklif va tavsiyalar Buxoro tarixiy markazini iqlim xavflaridan muhofaza qiliş, uning barqarorligini taʼminlaş hamda kelgusi avlodlarga bezavol yetkazişga qaratilgan amaliy çora-tadbirlarni belgilaşga xizmat qilişi kutilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri