"Ranglar ohangi": Rustam Xudoyberganov ijodining yangi qirralari
Özbekiston tasviriy sanʼat galereyasi körgazmalar zalida Özbekiston xalq rassomi Rustam Xudoyberganovning “Ranglar ohangi” nomli yubiley körgazmasi oçildi. Uning sönggi ikki yil davomida yaratgan asarlari namoyiş etildi.
Rustam Xudoyberganov özbek tasviriy sanʼatida, avvalo, tarixiy janrdagi asarlari bilan tanilgan ijodkor. Uning ijodida tarixiy şaxslar, meʼmoriy obidalar, milliy qadriyatlar va ötmiş manzaralari alohida örin tutadi. Biroq mazkur körgazma rassom ijodining yangi qirralarini namoyon etişi bilan ahamiyatlidir. Unda ijodkorning sönggi ikki yil davomida yaratgan asarlari namoyiş etilmoqda. “Tor köça”, “Quyoşli kun”, “Yozgi dala”, “Köçamizda bahor”, “Terakzor”, “Köça”, “Yemiriliş” kabi asarlarda tabiat, hayot, nur va ranglar uyğunligi öziga xos badiiy talqinda aks etgan.
Körgazmada Özbekiston tasviriy sanʼat galereyasi direktori Kamola Oqilova, Xalqaro fanlar akademiyasi olimlari, Çirçiq davlat pedagogika universiteti professor-öqituvçilari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ustoz-rassomlari, talabalar hamda sanʼat ixlosmandlari iştirok etdi.
— Rustam Xudoyberganov deganda köpçiligimiz uning tarixiy janrdagi asarlarini, buyuk tarixiy şaxslar va meʼmoriy obidalar asarlarini yaxşi bilamiz. Rassomning yangi qirrasi oçildi, desam mubolağa bölmaydi. Körgazmada sönggi yillarda yaratilgan, abstrakt yönalişga yaqin, yorqin ranglar va öziga xos kompozitsion yeçimlarga boy asarlarni köriş mumkin. Öylaymanki, mazkur körgazma rassomni tomoşabinlarga nafaqat boşqa tomondan tanitdi, balki uning kelgusida yanada sermahsul ijod qilişi uçun ham rağbat böldi, — dedi sanʼatşunos Saodat Röziyeva.
Rassom Özbekiston tabiatining rang-barangligini, quyoşli ölkamizning betakror manzaralarini, şahar va qişloq hayotini turli ranglar orqali ifodalaşga intilgan. Ayniqsa, moviy, qizğiş va boşqa murakkab rang tuslarining uyğunligi asarlarga alohida joziba bağişlagan.
— Rustam bilan birga tahsil olganmiz. Yoşligimiz, hayotimiz sanʼat bilan boğliq holda ötgan. U mahobatli rangtasvir yönalişida, men esa dastgohli rangtasvir sohasida ijod qildim. Rustam döstim doimo öz ustida işlaydigan, izlanişdan töxtamaydigan ijodkor. U turli badiiy oqimlarda ijod qilgan. Dastlab asosan realistik uslubda tarixiy şaxslar va voqealarni tasvirlagan bölsa, bugungi kunda modern va abstraksiya yönalişlarida ham özini sinab körmoqda. Bu körgazma uning ijodidagi yangi bosqiçni namoyon etmoqda, — dedi rassom Çori Bekmirov.
Körgazmadagi asarlar nafaqat ranglar jilosi, balki mazmun-mohiyati bilan ham eʼtiborni tortadi. Ularda tarixiy xotira, tabiat manzaralari, ekologik muammolar, zamon va inson munosabatlari öz aksini topgan. Xususan, XVIII asrdagi Juma bozori, Buxorodagi Yetti pir ziyoratgohlari, tarixiy meʼmoriy obidalar, tonggi va tungi hovlilar tasvirlarida nur-soya mutanosibligi hamda ranglar uyğunligi mahorat bilan ifodalangan.
[gallery-https://uza.uz/uz/collection/32496]
Xalqaro tabobat-ekologik fanlari akademiyasi akademigi ham rassomning tabiat va ekologik muammolarga bağişlangan asarlariga alohida töxtaldi.
— Rassomdan avvallari tabiat haqida ham asarlar yaratişini söragan edim. Bugun esa biz kutgan asarlarni körib turibmiz. Asarlarini tomoşa qilar ekanman, hayotning qayta tiklanişi haqidagi ğoyani his qildim. Asarlarda turli asrlar manzaralari, tabiatning rang-barangligi va ekologik muammolar öz ifodasini topgan. Ayniqsa, Orol muammosi, yerlarning yemirilişi kabi mavzularga bağişlangan kompozitsiyalar katta ahamiyatga ega. Bu asarlar nafaqat bugungi avlod, balki kelajak avlodlar uçun ham muhim badiiy va maʼnaviy meros bölib qoladi, — dedi akademik Sobir Mansurov.
Körgazmadagi diqqatga sazovor asarlardan yana biri “Yaralangan askar” bölib, unda ramziy maʼnoda yaralangan qalʼa obrazi tasvirlangan. Asarda uruşlar, vayronagarçiliklar va tabiatga yetkazilgan zarar haqidagi falsafiy muşohadalar aks etgan. Rassom öz vatani Xiva tarixiga murojaat qilib, qizil qumlar, sahro şamollari va vaqt taʼsirida özgargan meʼmoriy şakllar orqali öziga xos badiiy obraz yaratgan. Töq qizil ranglar ustuvorligi esa asarning taʼsirçanligini yanada oşirgan. Xiva rassom uçun şunçaki tuğilib ösgan maskan emas, balki uning xotiralari, bolaligi va ijodiy ilhomi manbaidir.
— Rassomning mahorati uluğ. Uning asarlarida zamonlar izi muhrlangan, sodda va möʼjaz paxsa xonadonlar, köçalar, bolalik hovlisi, yillar davomida öz qiyofasini özgartirgan manzillar uning asarlarida tarixiy xotira sifatida saqlanib qolganni köramiz, — dedi professor Isroil Rahmatov.
“Ranglar ohangi” körgazmasi Rustam Xudoyberganovning köp yillik ijodiy tajribasi, izlanişlari va badiiy tafakkuridagi özgarişlarni namoyon etdi. Unda rassomning anʼanaviy realistik tasvirlaş uslubidan zamonaviy modern va abstrakt yönalişlargaça bölgan ijodiy izlanişlari öz ifodasini topgan. Mazkur körgazma nafaqat sanʼat ixlosmandlari, balki yoş rassomlar va talabalar uçun ham öziga xos mahorat maktabi bölib xizmat qiladi.
Munira Ramazonova,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, sanʼatşunos