Saudiya Arabistoni terma jamoasi boş murabbiyi iste’foga çiqişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Murabbiy atrofidagi noaniqlik Osiyo kubogi taqvimiga kiritilgan özgarişlardan keyin yuzaga kelgan.
Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi boş murabbiyi Georgios Donis hozirça öz lavozimini tark etmaydi. Mamlakat futbol federatsiyasi yunonistonlik mutaxassisning kelajagi bilan boğliq tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.
Kooora naşriga ma’lumot bergan federatsiya vakili murabbiy bilan hamkorlik davom etişini tasdiqlagan. Şu tariqa, Donisning yaqin vaqt içida iste’foga çiqarilişi haqidagi taxminlar hozirça öz tasdiğini topmadi.
Murabbiy atrofidagi noaniqlik Osiyo kubogi taqvimiga kiritilgan özgarişlardan keyin yuzaga kelgan. Donisning amaldagi şartnomasi 2027-yil iyulida yakunlanadi. Qit’a çempionatining keyinroqqa surilişi esa uning kelgusidagi faoliyati yuzasidan savollarni keltirib çiqardi.
Janubiy Koreya ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi ğalabadan keyingi matbuot anjumanida Donis bu masalaga alohida töxtaldi.
"Osiyo kubogi keçiktirilgaç, murabbiylar ştabimga şartnomamiz turnirning yangi sanasidan oldin tugaşini aytdim. Şundan keyin turli taniqli murabbiylarning nomlari tilga olina boşladi. Bunday gap-sözlardan heç qanday naf yöq", dedi mutaxassis.
Donisning ta’kidlaşiça, uning örniga boşqa murabbiylar kelişi mumkinligi haqidagi xabarlar şaxsan öziga ta’sir qilmaydi. Biroq bunday vaziyat jamoa içidagi muhitga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
"Bu miş-mişlar meni bezovta qilmaydi, ammo jamoaga zarar yetkazadi. Biz bilan birga işlayotgan insonlar öz vazifamizga qançalik jiddiy yondaşayotganimizni yaxşi bilişadi", deya qöşimça qildi u.
Yunonistonlik murabbiy Osiyo kubogida ham Saudiya Arabistoni terma jamoasiga ustozlik qiliş istagini yaşirmadi. Uning ma’lum qilişiça, kelgusi yil mart oyidagi yiğin va undan keyingi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik rejasi allaqaçon işlab çiqilgan.
Saudiya Arabistoni terma jamoasini navbatdagi sinov 17-noyabr kuni kutmoqda. Jamoa Qatar poytaxti Dohada Özbekiston milliy terma jamoasiga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvini ötkazadi.