Infantino Osiyo va Karib mintaqalarining qöllab-quvvatloviga erişdi
Infantino 29-sentyabr kuni Özbekistonga ham taşrif buyurgan edi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 2027-yil mart oyida bölib ötadigan saylovlar arafasida xalqaro futbol taşkilotlari bilan aloqalarini faollaştirmoqda.
Financial Times naşrining xabar berişiça, FIFA rahbari avgust oyining boşidan buyon 30 dan ortiq mamlakat va hududga taşrif buyurib, önlab futbol mutasaddilari hamda kamida 12 nafar davlat va hukumat rahbari bilan muzokaralar ötkazgan.
Infantinoning diplomatik faoliyatida Osiyo va Karib mintaqalari alohida örin egallamoqda. Jumladan, Butanga taşrifi davomida u mamlakat qiroli, boş vaziri va futbol federatsiyasi rahbari bilan uçraşdi. Oradan bir neça kun ötib, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) uning qayta saylanişini qöllab-quvvatlaşini rasman bildirdi.
Qiziği, bundan bir neça oy avval aynan OFK UEFA va KONKAKAF bilan birgalikda FIFAning tijoriy faoliyatiga xususiy investorlarni jalb etiş taşabbusiga qarşi çiqqan edi.
Infantino Karib havzasidagi futbol taşkilotlari bilan ham aloqalarni mustahkamlamoqda. Saylovda ovoz beriş huquqiga ega 25 ta federatsiyani birlaştirgan Karib futbol ittifoqi ham FIFA prezidentiga xayrixoh munosabat bildirdi. Ma’lumotlarga köra, u avgust oyining örtalaridan buyon uşbu mintaqaga uç marta taşrif buyurgan.
Şuningdek, FIFA 2027–2030-yillarda taşkilotga a’zo 211 ta milliy futbol assotsiatsiyasining har biri uçun ajratiladigan mablağni 10 million dollardan 25 million dollargaça oşiriş taşabbusini ilgari surgan.
Biroq Infantinoning faolligi futbol jamoatçiligida turliça munosabatlarga sabab bölmoqda. Ayrim tanqidçilar uning xalqaro safarlarini prezidentlik saylovlari oldidan olib borilayotgan kampaniyaning bir qismi sifatida baholamoqda.
Xususan, avgust oyida Iordaniya futbol federatsiyasi prezidenti şahzoda Ali bin Husayn FIFA rahbariyatiga nisbatan jiddiy ayblovlar ilgari surgan edi. Uning da’vosiga köra, taşkilot Infantino nomzodini qöllab-quvvatlaş evaziga federatsiya muammolarini hal etişda yordam taklif qilgan.
Keyinçalik OFK uşbu bayonotlarni örganiş uçun özining tegişli adliya organlariga yubordi.
FIFA esa prezidentning xalqaro safarlari yuzasidan bildirilayotgan tanqidlarni rad etmoqda. Taşkilotning ta’kidlaşiça, milliy futbol federatsiyalari va davlat rahbarlari bilan muntazam muloqot olib boriş uning bevosita xizmat vazifalaridan biridir.
Janni Infantino 29-sentyabr kuni Özbekistonga ham taşrif buyurgan edi.