Sattarova Dilfuza Dilshodbekovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mintaqada islom moliyasi tashkilotlari samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida) mavzusida
Sattarova Dilfuza Dilshodbekovnaning 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqada islom moliyasi tashkilotlari samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida) mavzusidagi (iqtisodiyot fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/27.09.2024.I.55.03 raqamli Ilmiy kengashining 2025 yil 18 mart kuni soat 14:00 dagi onlayn (masofaviy) majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 220100, Urganch, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy, UrDU bosh binosi, konferensiya zali.
Tel/faks: (998 62) 224-67-00, (998 62) 224-57-00
e-mail: info@urdu.uz