Sanjarga omad kulib boqmadi
Poytaxtimizdagi “Sport sahovat servis” majmuasida tennis boʻyicha “Devis kubogi”ning pley-off bosqichida Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdi
Poytaxtimizdagi “Sport sahovat servis” majmuasida tennis boʻyicha “Devis kubogi”ning pley-off bosqichida Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.
Terma jamoalar oʻrtasidagi soʻnggi uchrashuvda Sanjar Fayziyev va Filip Krayinovich oʻzaro raqobatlashdi. Mazkur oʻyin 6:4, 3:6, 0:6 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin 2:6 hisobida yakunlandi. Endi Serbiya termasi noyabr oyida oʻtadigan jahon ligasida kuch sinashadi.