Samarqandda “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi ish boshladi (+video)
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish, ekologik innovatsiyalarni joriy etish va iqlim o‘zgarishiga qarshi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdir.
Bu yilgi tadbir o‘z ko‘lamini yanada kengaytirdi: unda 10 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Ko‘rgazmada xalqaro va mahalliy yirik kompaniyalarning 68 dan ortiq pavilonlari, shuningdek, Markaziy Osiyo yoshlarining 20 ta startap loyihalari namoyish etilmoqda.
Tadbir doirasida «yashil» energetika, suv resurslarini boshqarish va chiqindilarni qayta ishlash mavzularida 50 dan ortiq forum va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston hududlari tomonidan tayyorlangan iqlimiy loyihalar xalqaro investorlar va donorlar e’tiboriga havola etiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/j2jhjWxZhUA" title="Samarqandda “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi ish boshladi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA