Raqamlar ortidagi natija va kelajakka ishonch
Jizzax viloyatida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining amaliy natijalari bilan e’tibor qozonmoqda. O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan matbuot anjumanida sohadagi yutuqlar, mavjud vazifalar va istiqbolli rejalar xususida atroflicha ma’lumot berildi.
— Yoshlar bilan ishlashdagi eng muhim mezon raqam emas, balki har bir yoshning taqdiri, uning jamiyatda munosib o‘rin topishidir, — dedi O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Murodbek Rahmonberdiyev.
Ta’kidlanganidek, bugun viloyatda “og‘ir toifa”ga kiruvchi 5 ming 31 nafar ishsiz yosh bilan manzilli ish tashkil etilgan. Ularning 4 ming 947 nafari yoki qariyb 98 foizining bandligi ta’minlandi. Jumladan, 1 ming 583 nafar yosh doimiy ishga joylashtirildi, 387 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 8,4 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Shuningdek, 123 gektar yer maydoni yoshlar uchun taqsimlandi, yuzlab yoshlar kasb-hunarga o‘qitildi, ta’limga jalb etildi va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Viloyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar ham o‘z samarasini bermoqda. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida 18–30 yoshlilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 41 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,5 foizga kamaygan. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni esa barqaror saqlangan.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy madaniyatini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yuzlab tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi 114 ta loyiha va tadbirda 78 ming 504 nafar, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan 106 ta tadbirda 53 ming 804 nafar yosh qamrab olindi.
Matbuot anjumanida davlatimiz rahbarining 2024-yil 5-aprelda qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar ham alohida qayd etildi. Mazkur qaror asosida 7 ming 62 nafar yoshga 5 ming 242 gektar yer maydoni ajratilgan. Bugungi kunda yer olgan 6 ming 434 nafar yosh 4 ming 760 gektar maydonda hosil yetishtirib, 319 milliard so‘m daromad olgan.
[gallery-29752]
— Yerga mehr qo‘ygan yoshlarning ertangi kuni ham, daromadi ham mustahkam bo‘ladi. Shu bois yer ajratish dasturi viloyatdagi eng samarali tashabbuslardan biriga aylanmoqda, — dedi Murodbek Rahmonberdiyev.
Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi yuzasidan 63 ta loyiha uchun 8,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, davlat rahbarining qator qarorlari asosida yuzlab yoshlarga ko‘plab moliyaviy ko‘maklar ajratildi.
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida ham muhim natijalarga erishilmoqda. Bugun “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “UzChess”, “Qizlar akademiyasi”, “Ibrat farzandlari” kabi loyihalar platformalari orqali 518 ming nafar yosh xorijiy tillar, zamonaviy kasblar va intellektual ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda. Xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 210 nafar yoshning imtihon xarajatlari uchun 469,4 million so‘m mablag‘ qoplab berildi.
Viloyatdagi 304 mahallaning 293 tasida yoshlar yetakchilari faoliyat yuritmoqda. Ular yoshlar muammolarini o‘rganish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va davlat dasturlarini hayotga tatbiq etishda muhim o‘rin tutmoqda. So‘nggi davrda bir qator yoshlar yetakchilari yuqori lavozimlarga tavsiya etilgani ham bu tizimning samarali kadrlar maktabiga aylanayotganini ko‘rsatadi.
Matbuot anjumanida davlatimiz rahbarining 2024-yil 5-aprelda qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar ham alohida qayd etildi. Mazkur qaror asosida 7 ming 62 nafar yoshga 5 ming 242 gektar yer maydoni ajratilgan. Bugungi kunda yer olgan 6 ming 434 nafar yosh 4 ming 760 gektar maydonda hosil yetishtirib, 319 milliard so‘m daromad olgan.
— Yerga mehr qo‘ygan yoshning ertangi kuni ham, daromadi ham mustahkam bo‘ladi. Shu bois yer ajratish dasturi viloyatdagi eng samarali tashabbuslardan biriga aylanmoqda, — dedi Murodbek Rahmonberdiyev.
Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi yuzasidan 63 ta loyiha uchun 8,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, davlat rahbarining qator qarorlari asosida yuzlab yoshlarga ko‘plab moliyaviy ko‘maklar ajratildi.
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida ham muhim natijalarga erishilmoqda. Bugun “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “UzChess”, “Qizlar akademiyasi”, “Ibrat farzandlari” kabi loyihalar platformalari orqali 518 ming nafar yosh xorijiy tillar, zamonaviy kasblar va intellektual ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda. Xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 210 nafar yoshning imtihon xarajatlari uchun 469,4 million so‘m mablag‘ qoplab berildi.
Viloyatdagi 304 mahallaning 293 tasida yoshlar yetakchilari faoliyat yuritmoqda. Ular yoshlar muammolarini o‘rganish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va davlat dasturlarini hayotga tatbiq etishda muhim o‘rin tutmoqda. So‘nggi davrda bir qator yoshlar yetakchilari yuqori lavozimlarga tavsiya etilgani ham bu tizimning samarali kadrlar maktabiga aylanayotganini ko‘rsatadi.
“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida amalga oshirilgan ishlar ham keng qamrovi bilan ajralib turadi. Hokimlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida 2 ming 86 marotaba uchrashuv o‘tkazilib, 32 ming 109 nafar yoshning ishtiroki ta’minlandi. Ularda bildirilgan 1 ming 278 ta murojaat va taklifning 879 tasi joyida hal etildi.
— Biz uchun har bir murojaat raqam emas, inson taqdiridir. Yoshlarning dardini eshitish va muammosini hal qilish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi, — deya ta’kidladi Murodbek Rahmonberdiyev.
Matbuot anjumanida 2026-yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar ham ma’lum qilindi. Jumladan, minglab yoshlarni xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish, mehnat migratsiyasiga tayyorlash, IT shaharchalar barpo etish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish, 17 mingga yaqin yoshning bandligini ta’minlash hamda 5 ming nafar yoshning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish rejalashtirilgan.
Matbuot anjumani davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.
Yoshlar ishlari agentligi ishlarini keng targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatgan ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
A. Qayumov, J. Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari