Samarqandda 81 mingdan ortiq oilaga bir million sömdan moddiy yordam ajratildi
Davlatimiz rahbarining şu yil 28-oktabrdagi farmoni bilan isitiş mavsumi uçun ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam va kompensatsiyalar qamrovi kengaytirildi.
– Yoqilği-energetika resurslari narxlarining şakllanişida bosqiçma-bosqiç bozor tamoyillariga ötiş davrida aholini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş maqsadida 2026-2027-yilgi isitiş mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamiga noyabr oyida 1 million sömdan bir martalik moddiy yordam ajratildi, – deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boşqarmasi şuʼba mudiri Abbos Saʼdullayev. – Jumladan, viloyatimizda ijtimoiy reyestrga kiritilgan 53 ming 700 dan ortiq oila, özgalar parvarişiga muhtoj, yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarning reyestridagi 2200 nafardan köproq fuqarolar, şuningdek, 640 nafarga yaqin yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan oilalar uşbu yordamdan bahramand böldi. Bundan taşqari, şu yil 15-noyabrga qadar “mahalla yettiligi” tomonidan har bir mahalla kesimida oiladagi jon boşiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobaridan oşmaydigan oilalar, markazlaştirilgan isitiş tizimiga ulangan köp qavatli uylarda yaşovçi oilalar, barqaror iş örinlarini yaratiş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça tuman (şahar) ştablari qaroriga muvofiq örtaça oylik daromadi past bölgan ehtiyojmand oilalar röyxati şakllantirilib, yana 24 mingdan ortiq şunday toifadagi oilalarga ham bir martalik moddiy yordam tayinlandi. Umuman, şu kungaça 1 million sömdan moddiy yordam oladigan 81 ming 646 oilaning 70 mingdan ortiği ijtimoiy yoki bank kartasiga uşbu moddiy yordam puli ötkazildi. Qolgan oilalar va fuqarolarga ham noyabr oyi yakuniga qadar belgilangan summadagi pul berilişi taʼminlanadi.

Farmonga köra, aholining ehtiyojmand qatlamini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş qamrovini kengaytiriş maqsadida oiladagi jon boşiga töğri keladigan örtaça oylik daromad mezoni elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli böyiça kompensatsiya tayinlaşda – minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan 2 barobarigaça, kömir sotib oliş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun moddiy yordam ajratişda – minimal isteʼmol xarajatlarining 1 barobaridan 2 barobarigaça, “Saxovat va kömak” jamğarmasi mablağlari hisobidan kommunal xarajatlarni qoplaş yoki kommunal tölovlar böyiça mavjud qarzdorlikni bartaraf etişda hamda kömir yoki boşqa yoqilği mahsulotlari bilan taʼminlaş xarajatlarini qoplaşda – minimal isteʼmol xarajatlarining 1 barobaridan 2 barobarigaça oşirildi.
Eʼtiborlisi, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli böyiça bazaviy meʼyor doirasidagi tariflar bilan bazaviy meʼyordan ortiq isteʼmol uçun belgilangan tariflar örtasidagi farqni kompensatsiya qiliş muddati 2028-yil 1-aprelga qadar, kömir sotib oliş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun moddiy yordam tölaş muddati esa 2029-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Bundan taşqari, viloyat böyiça 57 mingdan ortiq isteʼmolçi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hamda tabiiy gaz yetib borişi qiyin bölgan hududlarda yaşovçi isteʼmolçilar uçun isitiş mavsumida elektr energiyasi isteʼmolining bazaviy meʼyori 200 kVt soatdan 350 kVt soatgaça oşirilişi imkoniyatidan foydalanadigan böldi.
– Davlatimizning kuz-qiş mavsumida aholini ijtimoiy muhofaza qilişga bölgan eʼtiboridan bahramand bölib turibmiz, – deydi Samarqand tumani Gulobod mahallasida yaşovçi Töti Xojimametova. – Mavsum davomida elektr energiyasi xarajatlari uçun kompensatsiya olyapmiz, suyultirilgan gaz va kömir sotib oliş xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan tölanmoqda. Yaqinda 1 million söm moddiy yordam ham oldik. Şu yil aprel oyida subsidiya asosida xonadonimizga 5 kVt quvvatli quyoş paneli bepul örnatib berildi. Bunday eʼtibordan xursandmiz.
Kuz-qiş mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamiga körsatilayotgan bunday manzilli kömak oilalarning energiya xarajatlarini yengillaştiriş va munosib turmuş şaroitini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Ğolib Hasanov, ÖzA muxbiri