Özbekiston "Green Skills Award - 2026" xalaro tanlovida boş sovrinni qölga kiritdi
Özbekistonning "Barqaror kelajak jamiyati" (Sustainable Future Society - SFS) loyihasi Yevropa taʼlim jamğarmasi (ETF) tomonidan taşkil etilgan "Green Skills Award - 2026" xalqaro tanlovida birinçi örinni egalladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Ğoliblar 25-noyabr kuni Italiyaning Turin şahrida bölib ötgan Könikmalar böyiça global sammit (Torino Global Skills Summit) doirasida eʼlon qilindi.
Özbekiston loyihasi 90 dan ortiq mamlakatdan kelib tuşgan 360 dan ziyod ariza orasidan saralab olingan oltita taşabbus örtasida birinçi örinni egalladi. Tanlovda Peruning "Muzliklarni muhofaza qiliş böyiça yoş elçilar" dasturi ikkinçi, Nepalning elektron çiqindilar bilan işlaşga qaratilgan "Repair Revolution Workshop & Training" loyihasi esa uçinçi örinni oldi. Bosniya va Gersegovina, Kipr hamda Iordaniya taşabbuslari ham finalga çiqdi.
Özbekistonning "Barqaror kelajak jamiyati" loyihasi çiqindilar bilan boğliq muammolarni öquvçilar yetakçiligida hal etiş va atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan tizimli yondaşuvni joriy etişga asoslangan. Taşabbus tarix fani öqituvçisi Abropjon Sadriddinov öquvçilarning çiqindilarni alohida saralaş idişlaridan notöğri foydalanayotganini payqaganidan söng boşlangan. Keyinçalik u barqaror rivojlaniş harakatiga aylangan.
Loyiha xalqaro Eco-Schools dasturining öquvçilar yetakçiligida amalga oşiriladigan yetti bosqiçli usulini mahalliy şaroitga moslaştirgan. U maktablarning barqaror rivojlaniş böyiça faoliyatini baholaş, harakat rejalarini tuziş, ekologik mavzularni öquv dasturiga kiritiş, natijalarni kuzatiş, mahalliy hamjamiyatni jalb etiş va ekologik qoidalarni işlab çiqişni öz içiga oladi.
Bugungi kunga qadar loyiha Özbekistondagi 25 ta maktabda öquvçilar, öqituvçilar va ota-onalarni qöşib hisoblaganda 25 mingdan ortiq kişini qamrab oldi. Taşabbus doirasida öquvçilar 128 ta ekologik loyihani amalga oşirdi, 70 dan ortiq öquv maşğuloti va 53 ta tarğibot tadbiri ötkazildi.
Şuningdek, dastur "Yaşil bayroq" mukofotiga sazovor böldi. Taşabbus maktablar va mahalliy hamjamiyatlarda katta xarajatlarsiz uzoq muddatli ekologik natijalarga erişiş hamda samarali tajribani kengaytiriş mumkinligini körsatmoqda.
Taʼkidlaş joiz, "Green Skills Award" xalqaro tanlovi 2021-yilda Yevropa taʼlim jamğarmasi tomonidan taʼsis etilgan. U yaşil könikmalarni rivojlantiriş, aylanma va uglerod-neytral iqtisodiyotni şakllantirişga xizmat qiladigan innovatsion tajribalarni ommalaştirişga qaratilgan.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA