Samarqand viloyatida yilqichilik va ot sportini rivojlantirish masalalari o‘rganildi
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev hamda Samarqand viloyati yilqichilik va ot sporti federatsiyasi ijrochi direktori G‘.Jabborov hamrohligida viloyatda xizmat safari tashkil etildi.
Samarqand viloyatida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish, sohadagi mavjud infratuzilmani takomillashtirish hamda Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan xususiy ot sporti klublari va chavandozlar maktabi faoliyati o‘rganildi. Xususan, ob’ektlarning moddiy-texnik bazasi, mashg‘ulotlar jarayoni, sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sport infratuzilmasining bugungi holati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, ot sporti infratuzilmasini yanada rivojlantirish, sportchilar tayyorgarligi sifatini oshirish va yoshlarni mazkur sport turiga keng jalb qilish yuzasidan tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mas’ul mutasaddilarning taklif va axborotlari ko‘rib chiqilib, yilqichilik va ot sportini izchil rivojlantirishga qaratilgan kelgusi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA