Sakkiz kurashchimiz Olimpiadaga boradi
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Bekzod Abdurahmonov va Abbos Rahmonov Turkiyada o‘tgan jahon saralash turnirida munosib ishtirok etdi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Bekzod Abdurahmonov va Abbos Rahmonov Turkiyada o‘tgan jahon saralash turnirida munosib ishtirok etdi.Musobaqaning vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida tajribali sportchimiz Bekzod Abdurahmonov tailandlik Padipat Vantavong, latviyalik Albers Yurchenko, avstriyalik Amirxon Visalimov, qirg‘izistonlik Sayaqbay Yusupov va ispaniyalik Taymuraz Friyev ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va Olimpiadada qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.
Abbos Rahmonov 57 kilogrammgacha vazndagi kurashchilar bahsida pokistonlik Muhammad Bilol, venesuelalik Pedro Rodriges va qirg‘izistonlik Samat Nadirbek uluni mag‘lubiyatga uchratib, kumush medal va Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa har to‘rt yillikning nufuzli sport anjumanida yunon-rum kurashi ustalari Rustam Assakalov, Dilshod Turdiyev, Elmurod Tasmurodov, Mo‘minjon Abdullayev, erkin kurashchilar Ixtiyor Navro‘zov, Magomed Ibragimov, Bekzod Abdurahmonov va Abbos Rahmonov Vatanimiz sharafini himoya qiladi.