Sadir Japarov MDH davlatlari yetakchilarini Global tog‘ sammitiga taklif qildi
Prezident Sadir Japarov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarini 2027-yil oktabr oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan "Bishkek+25" Ikkinchi global tog‘ sammitida ishtirok etishga taklif qildi.
“AzerTAJ” xabar berishicha, bu haqda yetakchi Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi yig‘ilishida ma’lum qilgan. Nutqi davomida u turizm sohasidagi hamkorlik istiqboli va tog‘li hududlarni rivojlantirish mavzusiga alohida to‘xtalgan.
Shuningdek, Hamdo‘stlik shafeligidagi madaniy-gumanitar hamkorlik doirasida 2028-yil 100 yilligi nishonlanadigan atoqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov yubileyiga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlar o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
So‘zi yakunida Japarov Qirg‘iziston bundan buyon ham MDHni mustahkamlashga hissa qo‘shishga tayyorligini tasdiqladi.
A.Mamatov, O‘zA