“Saddi Iskandariy” dostonida rahbar shaxs obrazi
Iroda Mamayunusovna PARDAYEVA Professor v.b. Samarqand davlat chet tillari instituti Samarqand, O‘zbekiston e-mail: pardayevairoda74@mail.com
Annotatsiya
Maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar obrazi orqali ideal rahbar shaxs konsepsiyasining badiiy-timsoliy ifodasi tahlil qilinadi. Iskandar timsolining Sharq adabiy an’analaridagi manbaviy qatlamlari hamda ularning Navoiy poetikasida ma’rifiy-axloqiy maqsadlar bilan uyg‘unlashish xususiyatlari yoritiladi. Doston matnida rahbarlik mezonlari sifatida hikmat, adolat, insonparvarlik, qudrat, saxovat va maslahatlashuv madaniyatining o‘zaro bog‘liq tizim sifatida badiiylashtirilgani asoslanadi. Xulosada “Saddi Iskandariy”da rahbar obrazi ma’naviy mas’uliyat va xalq manfaatiga tayangan yuksak ideal darajasida talqin etilgani umumlashtiriladi.
Tayanch so‘zlar: Alisher Navoiy, “Saddi Iskandariy”, Iskandar obrazi, ideal hukmdor, rahbarlik mezonlari, adolat, hikmat, saxovat, maslahatchilar instituti, timsoliy ifoda.