Rustami Emomali “Yangi Özbekiston” boğida Mustaqillik monumenti poyiga gul qöydi
Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi Rustami Emomali boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolarini Toşkent xalqaro aeroportida Oliy Majlis Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev kutib oldi.
Taşrif dasturiga muvofiq delegatsiya aʼzolari dastlab “Yangi Özbekiston” boğiga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qöydi.

Şundan söng mehmonlar “Yangi Toşkent şahrini barpo etiş” direksiyasi faoliyati bilan tanişdi. Ularga mamlakatimizda amalga oşirilayotgan yirik şaharsozlik loyihasi, yangi şaharni barpo etiş konsepsiyasi, zamonaviy transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, yaşil hududlar hamda ijtimoiy obʼektlarni quriş borasidagi işlar haqida maʼlumot berildi.
Delegatsiya aʼzolari “Yangi Özbekiston” universitetida ham bölib, oliy taʼlim muassasasining faoliyati, taʼlim jarayonini taşkil etiş tizimi hamda zamonaviy taʼlim infratuzilmasi bilan yaqindan tanişdi.
N.Abduraimova,
ÖzA