Rustam Ashurmatov: hech bir raqibdan ortda qolganimiz yo‘q, Kolumbiyaga qarshi qo‘limizdan kelganini qilamiz
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov jahon chempionatidagi debyut uchrashuv oldidan intervyu berib, bo‘lajak raqib — Kolumbiyaga qarshi o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Har doim aytilganidek, maydon tekis, to‘p esa yumaloq. Shu paytga qadar bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdik. To‘g‘ri, ularda hisob bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak-da, lekin o‘yin sifati borasida hech bir raqibdan ortda qolganimiz yo‘q. Hozirda jamoamizda hech qanday ichki bosim mavjud emas, chunki biz jahon chempionatiga yo‘llanma olib, allaqachon tarix yaratdik. Endi esa turnirda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", — dedi himoyachi.
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start olishi rejalashtirilgan.