Rossiyaning oltin zaxirasi olti yillik eng past ko‘rsatkichga tushdi
“Bloomberg” ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Markaziy banki oltin zaxirasi keskin pasayishda davom etib, 1-avgustda 73,2 million troya unsiyasiga tushdi. Bu 2020-yil yanvaridan beri, olti yildan ortiq vaqt ichidagi eng past ko‘rsatkichdir.
Iyul oyida zaxira 0,2 million unsiya, 2026-yil boshidan esa taxminan 50 tonna bo‘shadi. Yetti oy ichida mavjud oltin qiymati 33,7 milliard dollar kamaydi.
Bunday salbiy holat uzoq davom etgan, deyarli uzluksiz o‘sish davridan keyin kuzatildi. “Bloomberg” Rossiya MB dunyo bo‘ylab davlat miqyosidagi eng yirik oltin xaridori bo‘lgani, 2020-yil boshida esa tilla sotib olishni to‘xtatganiga ham urg‘u bergan.
MB hisobotida 2025-yil boshiga kelib xalqaro zaxiradagi oltin hajmi 75 million troya unsiyasiga yetgani, o‘tgan mavsum davomida ayni ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagani, faqat shu yil muntazam ravishda pasaya boshlagani keltirilgan.
S.Rahimov, O‘zA