Eronga muhim tashrif, Xitoyning neft bosimi, Rossiyada safarbarlik mashg‘ulotlari - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Pokiston armiyasi bosh qo‘mondoni Asim Munirning Eron bilan muzokaralar uchun Tehronga borishi, Xitoyning jahon neft bozorida OPEKka raqobatchi kuchga aylanayotgani, Rossiyada esa yangi safarbarlikka tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Gretsiyada 35 nafar migrantning hibsxonadan qochib ketgani, Suriya va Isroil o‘rtasida AQSH vositachiligida muhim muzokaralar o‘tkazilgani hamda Norvegiya qiroli Haraldning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA