Rossiyada Pasxa sulhi e’lon qilindi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin pravoslav Pasxasi munosabati bilan sulh e’lon qildi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin pravoslav Pasxasi munosabati bilan sulh e’lon qildi. Kremlning ma’lumotlariga ko‘ra, u 11-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da kuchga kiradi va 12-aprel kuni kun oxirigacha davom etadi.
Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Pasxa sulhi bo‘yicha taklif bilan chiqqan edi.
“Ukraina Rossiya bilan Pasxa bayrami uchun “energiya sulhini” taklif qildi”, degandi Ukraina Prezidenti kechki nutqida.
S.Rahimov, O‘zA