Rossiya va Xitoy rahbarlari muzokara ötkazdi (+video)
Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan bölib ötadigan uç tomonlama sammitdan bir kun oldin uçraşdi. Bu ikki rahbarning yil boşidan buyon uçinçi bevosita uçraşuvi, deb xabar berdi “Euronews”.
Putin aytişiça, Rossiya va Xitoy hamkorligi izçil rivojlanib, ikki xalq manfaati yölida tobora mustahkamlanmoqda. Şuningdek, u Moskva va Pekin dunyoda yanada adolatli, köp qutbli tartibni şakllantiriş tarafdori ekanini taʼkidladi.
Si Szinpin esa ikki davlat örtasidagi munosabatni “toğ kabi mustahkam va sobit” deya ifodaladi.
Darvoqe, payşanba kuni uyuştirilişi kutilayotgan Si Szinpin, Vladimir Putin va Donald Tramp örtasidagi muzokara Kiyev hamda Yevropaning boşqa davlatlari poytaxtlarida xavotir uyğotgan.
Ularning fikriça, uç davlat rahbari Ukraina taqdiri böyiça Kiyev iştirokisiz qaror qabul qilişi yoki dunyoni yangi taʼsir doiralari orasida bölib olişga kelişişi mumkin.
Dastlab Vaşington muloqot davomida Ukraina mavzusi kötarilmasligini bildirgan edi. Keyinroq Tramp bu masala ham kun tartibidan örin olişini aytdi. Si Szinpin esa Rossiya – Ukraina uruşi Xitoyga daxldor emas, deb hisoblaydi.
Pekin uçraşuvga izoh berib, yetakçilar Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida “butun dunyoda tinçlikni saqlaş va yirik davlatlar örtasidagi strategik barqarorlikni mustahkamlaş” yuzasidan atrofliça fikr almaşişini maʼlum qildi.
Vaşington maʼlumotiga köra, muzokara kun tartibidan Erondagi uruş va yadroviy qurolsizlaniş masalasi ham örin olgan.
Xitoy ançadan beri AQŞ va Rossiya ulkan yadroviy qurol zaxirasini qisqartirişi kerakligini taʼkidlab keladi. Pekin fikriça, şundan keyingina Xitoy öz yadro qurolini çeklaş böyiça muzokara boşlaşi mumkin.
Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov (video), ÖzA