AQŞ ilk bor yangi yadro bombasi yaratilişini oşkor qildi
AQŞ Senati Mablağ ajratiş qömitasi hujjatida önlab yil içida birinçi marta B94 yangi yadroviy havo bombasi haqida eslatib ötildi, deb yozgan “The War Zone”.
Bu maʼlumot AQŞ 2027 moliyaviy yili uçun byudjet taklifi loyihasida mavjud.
Hujjatga köra, uşbu dastur uçun taxminan 77,1 million dollar söralgan, biroq yangi qurolning texnik xususiyati va aslahani işlab çiqişdan közlangan maqsad aytilmagan.
B94 belgisi mamlakatda hozir işlab çiqilayotgan Yadroviy töxtatuvçi tizim – havo orqali yetkazib beriladigan NDS-A dasturiga tegişli ekani taxmin qilinyapti.
Xabarlarga köra, mazkur taşabbus qotirilgan va çuqur kömilgan nişonlarni yöq qiliş uçun möljallangan yadroviy havo bombasi yaratilişi bilan boğliq.
AQŞda yangi nom olgan avvalgi yadro havo bombasi B90 edi. Uşbu qurolni tayyorlaş jarayoni 1991-yil sentabrda, Sovuq uruş bartaraf qilinganda töxtagan.
S. Rahimov, ÖzA