Rossiya, Ukraina va AQŞ muzokarasi Abu-Dabida bölib ötadi (+video)
AQŞ vositaçiligida Rossiya va Ukraina örtasida ötkaziladigan muzokaraning yangi bosqiçida “uruşdan keyingi xavfsizlik, keskinlikni yumşatiş, insonparvarlik taşabbuslari va tinçlikka erişiş yölidagi keyingi qadamlar” muhokama qilinadi. Bu haqda Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff maʼlum qildi, deya xabar bergan DW.
Mazkur uçraşuv Birlaşgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida 10-11-noyabr kunlariga belgilangani ham qöşimça qilingan.
– Muhokama uruşdan keyingi xavfsizlik, keskinlikni yumşatiş, gumanitar taşabbuslar va tinçlikka erişiş yölidagi keyingi qadamlarga qaratiladi, – deb yozgan Uitkoff ijtimoiy tarmoqda.
Aniqlik kiritilişiça, muloqot Prezident Donald Trampning Rossiya va Ukraina uruşiga barham beriş yölidagi saʼy-harakati doirasida ötkaziladi.
AQŞ ittifoqçilari bilan Yevropaning uruşdan keyingi xavfsizlik tizimini muhokama qiladi.
Maxsus vakil aytişiça, şu hafta amerikalik muzokaraçilar Bryusselda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari bilan ham suhbatlaşadi.
Uçraşuvda “Ukraina uçun xavfsizlik kafolati, uruşdan keyingi Yevropaning xavfsizlik tizimi va Ukraina tiklanişini iqtisodiy qöllab-quvvatlaş imkoniyati” muhokama qilinadi.
– Biz Kiyev, Oslo va Sankt-Peterburgda erişilgan natijani mustahkamlab, kelajak avlod uçun uzoq muddatli xavfsizlikni taʼminlaydigan keng qamrovli va barqaror tinçlik kelişuviga erişiş yölida olğa siljişdan umidvormiz, – dedi Uitkoff.
Oktyabr oyida u Norvegiya poytaxtida Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uçraşgan. Keyin Sankt-Peterburgga borib, RF yetakçisi Vladimir Putin bilan muzokara ötkazgan.
Qöşma Ştatlar vositaçiligida Rossiya va Ukraina örtasidagi avvalgi muzokara şu yil fevralda, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanişidan biroz oldin bölib ötgan edi.
Kenja Bekjonov, Anvarxöja Ahmedov (video), ÖzA